Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada “kiyevcha kotletlar” nomi “qrimcha kotletlar”ga o‘zgartirildimi?
The New York Times nashri muxbiri Ivan Nechepurenko Moskva shahridagi Rossiya tashqi ishlar vazirligining oshxonasida mashhur taom nomi o‘zgartirilganiga e'tibor qaratdi. Ma'lum bo‘lishicha, “kiyevcha kotletlar” nomi bilan mashhur bo‘lgan taom u yerda “qrimcha kotletlar” deb yozib qo‘yilgan bo‘lgan.

Kotletlar “salat-miks” garniri bilan birga berilgan. Jurnalistning o‘zi esa RF TIVda bu mashhur yegulikning nomi o‘zgartirib qo‘yilganiga ortiqcha izoh berishni istamadi. U “Mariya Vladimirovna (Zaxarova – Rossiya tashqi ishlar vazirligi amaldori) meni yer bilan yakson qilishini istamayman”, degan.
Shundan so‘ng TIVda Nechepurenkoga javob qaytarishib, oshpazning bu kotletni qanday usulda tayyorlagani va unga qanday masalliqlar sarflagani haqida izoh berishdi: “Tayyor jo‘ja go‘shtini kesish, tuz va murch qo‘shish lozim. Sariyog‘ bo‘lagini solib, barcha tomonlardan o‘rab chiqish hamda “archa g‘uddasi” shakliga keltirish kerak. Oq un va lezonga bulab olgandan so‘ng, 180 darajali haroratda qovurish talab etiladi”. Ma'lumot uchun, lezon – tuxum va sut aralashmasi.
Aftidan, “qrimcha kotletlar”ni tayyorlash usuli oddiy “kiyevcha kotletlar”dan hech narsa bilan farq qilmaydi. Albatta, ular Rossiya tashqi ishlar vazirligi binosida tayyorlanishidan tashqari.
Mavzuga oid
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
10:25 / 08.06.2026