Jahon | 18:01 / 16.02.2017
6434
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiyada 2016 yili 16 teraktning oldi olindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin FXX vakillari bilan yig‘ilish chog‘ida terrorchilik yo‘nalishidagi jinoyatchilik hajmi kamayganini ma'lum qilib o‘tgan. Bu haqda TASS xabar bergan.

«FXX va boshqa kuchishlatar tuzilmalar xodimlari Milliy aksilterror qo‘mita bilan muvofiqda harakatlanish orqali 45ta terrorchilik yo‘nalishidagi, jumladan 16 teraktning oldini olishdi», — degan Putin.

Bundan oldinroq Putin 2016 yilda xavfsizlikni ta'minlash borasidagi xizmatlari uchun Rossiya xavfsizlik organlari ishini maqtab o‘tgani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid