Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rubl qadrining tiklanishi Kremlni tashvishga solmoqda
Rossiya milliy valyutasi 15 fevral kuni bir yarim yillik maksimumni yangiladi, ammo bu unchalik uzoqqa cho‘zilmadi. Prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonoti rublning o‘sishini pasaytirdi, deb xabar qilmoqda Vedomosti nashri.
Peskov, Kreml ma'muriyati rublning mustahkamlanishidan tashvishda emasmi, degan savolga javob berar ekan, Putin bu masalani iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Oreshkin bilan muhokama qilishi mumkinligini ma'lum qildi. Shundan so‘ng, rubl bir necha soat mobaynida qadrsizlanib, dollar hamda yevroga nisbatan 2 foizga qimmatlashgan va tegishli ravishda 56,6 rubldan 57,7 rublga va 59,7dan 61 rublga ko‘tarilgan. Biroq kechga yaqin u yana holatini birmuncha yaxshilab olgan.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026