Jahon | 16:52 / 16.02.2017
10342
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston bosh prokurori: IShID safida jang qilayotgan tojiklar soni 5 marta kamaydi

foto : Rahmon Yusuf Ahmadzod

Tojikiston bosh prokurori Rahmon Yusuf Ahmadzodning bayonot berishicha, 2015 yil bilan taqqoslaganda, 2016 yilda IShID safida jang qilayotgan tojikistonliklar soni 5 martaga kamaygan. U Tojikiston parlamenti Milliy majlisida qilgan chiqishida shunday axborot bergan. Bu haqda Asia Plus media guruhi xabar qilmoqda.
 
Biroq, bosh prokuror respublika tashqarisida terrorchilik tashkilotlari safida jang qilayotganlarning aniq sonini keltirmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilda Tojikistonda ekstremizm va terrorizmni targ‘ib qiluvchi 230 internet-sayti to‘sib qo‘yilgan. 

Rahmon Yusuf Ahmadzodning ma'lum qilishicha, 2015 yilda terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilgan tojikistonliklarning 85 foizi mehnat muhojirlari bo‘lgan. 

Mavzuga oid