Sönggi ön yillarda, aytiş mumkinki, dunyoning turli burçaklari, ayniqsa, ğarb mamlakatlarida musulmonlarni yomon köriş – islomofobiya holatlari köp uçramoqda. Jamiyatdagi bunday salbiy körinişlar tobora avj olib borayapti. Xususan, davlat hukumatlari darajasida Islom dini va madaniyatiga xos bölgan ayrim jihatlarni qoralaş yoki tanqid qiliş, yoxud umuman taqiqlaş hollari kuçaymoqda. 

Mana masalan: Istanbuldagi navbatdagi terakt 38 kişining umriga zomin böldi; Misrdagi jihodçilar 20 nafar kopt nasroniyni ibodatxonaning özida portlatdi; Nigeriyada 7-8 yoşdagi hudkuş qizlar bozorda özini portlatib yubordi, buning oqibatida 56 nafar mahalliy nasroniy hayotdan köz yumdi… Suriya hukumati qadimgi Palmirani yana IŞIDga boy berdi, endi bu şahar butunlay vayron etiladi. 

Bu kabi xabarlardan söng, musulmonlarning barçasini oq-u qora demay baravar yomon köriş mumkin. Ayniqsa, nasroniylar köpçilikni taşkil etuvçi mamlakatlarda istiqomat qilgan kişi şunday xulosaga kelişi oson. Ammo, haqiqatdan ham dunyo musulmonlarsiz yanada yaxşiroq bölarmidi? Bu savolga eng yaxşi javobni Tumblr ijtimoiy tarmoğidan topdik.

Demak, agar dunyoda musulmonlar bölmaganida dunyo hayoti yanada yaxşiroq böladi, deb öylagan kimsa, bilib qöysinki, unda kamida quyidagilar ham bölmas edi: 

Qahva; fotokameralar; tajribaviy fizika; şohmot; sovun; şampun; atirlar; kosmetika mahsulotlari; suğoriş tizimi va qişloq xöjaligidagi inqiloblar; içki yonuv dvigateli, klapanlar va porşenlar; kodli qulflar; arxitektura sohasidagi innovatsiyalar — jumladan, gotik uslubidagi soborlar, aylana minoralar, gumbazlar va mozaikalar; turli xil jarrohlik asbob-uskunalari; oğriqsizlantiruvçi vositalar; şamol tegirmonlari; patqalam; algebra va trigonometriya; zamonaviy kriptologiya; xrustal bokallar; gilamlar; landşaft dizayni va boğlarning dam oliş uçun muhimligi borasidagi tuşunça; universitetlar; zamonaviy optika; oddiy fuqarolar uçun musiqa; tiş çötkalari; dengiz kompasi; alkogolsiz gazli içimliklar; Brayl şrifti; kalligrafiya – husnixat san'ati; şişa; qoğozlar, xarita, globus, …

Yoruğlik (jumladan, qadimgi greklar kabi) odamlar va boşqa buyumlarda emas, balki közimizda sinişini anglagan va tuşungan dunyodagi eng birinçi inson musulmon kişi edi. Bu kaşfiyot fotoapparat paydo bölişiga asos böldi. Birinçi bölib musulmon odam 852 yildayoq öziuçar qurilmani yasaşga urinib kördi. Bu aka-uka Raytlardan ming yil avval amalga oşirilgandi. Ikkala holatda ham bir odam Jobir ibn Hayyon haqida söz bormoqda. Bu olim bugungi kunda zamonaviy kimyo fani asosçisi hisoblanadi. Aynan u heç kimga tuşunarli bölmagan «alkimyo»ni zamonaviy kimyo faniga aylantirdi.