«Bizda Yangi xalq frontidan boş vazir saylanadi. Köp narsalarni farmon bilan hal qila boşlaymiz. Xalqaro darajada Falastin davlatini tan oliş böyiça kelişişimiz zarur böladi», – degan Melanşon.
U şuningdek, mamlakatda özgarişlar zaruriyati haqida ham gap oçgan.
«Fransiya albatta erkaklar şovinizmi, irqçilik, islomofobiya, antisemitizm va har qanday dinga nisbatan nafrat sahifasini yopgan yangi Fransiyaga aylanişi kerak», – degan söl koalitsiya yetakçisi.
Eslatib ötamiz, keça yakşanba kuni Fransiya parlamentiga ötgan saylovlarning ikkinçi turida «Yangi xalq fronti» koalitsiyasiga birlaşgan söllar ğolib çiqişdi. Ikkinçi örinda — amaldagi prezident Emmanuel Makronning «Birgalikda respublika uçun» markazçi koalitsiyasi. Ular 168 ta öringa ega bölişmoqda. Öngçilar Marin Le Pen va Jordan Bardellaning «Milliy uyuşma» partiyasi 143 ta joy oladigan böldi. Qolgan mandatlarni mustaqil deputatlar va kiçik partiyalar vakillari bölib olişgan.
Şunday qilib, birorta partiya 577 kişilik yangi parlamentda köpçilik joyga ega böliş imkonini beradigan 289 ta joy uçun ovoz töplay olmadi. «Yangi xalq fronti» yetakçilaridan biri Jan-Lyuk Melanşon allaqaçon öng partiyalar yoki Makronning markazçilar bloki bilan koalitsiya tuziş imkoniyatini rad etib bölgan. «Milliy uyuşma»dan Le Pen ham şunday bayonot bilan çiqiş qildi.
Makronning bloki köpçilik ovozni töplay olmagaç, Fransiya boş vaziri, Gabriel Attal 8 iyuldan iste’foga çiqişini aytdi. Lekin u yangi hukumat tuzilgunga qadar öz lavozimini bajarib turişini qayd etdi.
35 yoşli Attal Fransiya tarixidagi eng yoş boş vazir hisoblanadi. Bu lavozimga u şu yilning yanvar oyida kirişgan edi.









