Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida iqtisodiyotni liberallashtirishga doir amaliy tadbirlar o‘tkazildi
2017 yil 16-17 fevral kunlari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishida ko‘rsatilgan chora-tadbirlar yuzasidan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning dolzarb vazifalari” mavzuida amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Matbuot xizmati Kun.uz`ga xabar berdi.
Tadbirning birinchi kunida partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, Toshkent shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a'zolari, partiya faollari Sergeli, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlaridagi kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub'yektlari bilan uchrashdilar. Unda asosiy e'tibor, Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holatini tanqidiy o‘rganish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, kichik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirish hamda ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va partiya fraksiyasi, deputatlik guruhlari orqali hal etish masalalariga qaratildi.

—200 hildan ortiq dori-darmon mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi loyihamiz joriy yil oxirida ishga tushadi, - deydi loyiha ta'sischisi Bahodir Ahadov. —Umumiy qiymati 14 mln. AQSh dollarini tashkil etuvchi loyihamizni ishga turishsak 300 dan ortiq yangi ishchi o‘rni yaratishga muvaffaq bo‘lamiz. Qolaversa, bugungi kunda mahsulotlarimizni Rossiya va Qozog‘iston Respublikalariga eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzolash arafasidamiz.

Tadbirning ikkinchi kuni Adliya, Prokuratura, Soliq, Markaziy bank, Toshshahargaz va elektr tarmoqlari vakillari hamda partiya elektorati – tadbirkorlar ishtirokida kichik sanoat zonalarida o‘rganilgan muammolar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarga yechimini topishga qaratilgan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni liberallashtirish borasidagi vazifalariga alohida e'tibor qaratildi. Xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishni qamrab oladigan kompleksli vazifalar ko‘rib chiqildi. Umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish ustidan samarali deputatlik nazoratini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Ochiq muloqotda yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlar va ayollarni tadbirkorlikka keng jalb etish orqali aholi daromadlarini oshirish, mahalla, tijorat banklari va tadbirkorlikka xizmat qiluvchi boshqa barcha tuzilmalar bilan amaliy hamkorlikni to‘g‘ri va samarali tashkil etish muammolari hamda tayanch tarmoqlar faoliyati bilan bog‘liq masalalar, shuningdek eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning muammolari, soliq stavkalarini kamaytirish, banklardan kredit olish masalalari ochiq muhokama etilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026