Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
88 kundan keyin safga qaytib gol urgan Beyl «Real» g‘alabasiga hissa qo‘shdi
Ispaniya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv ortda qoldi. «Real» o‘z uyida «Espanol»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida Morata hisobni ochgan bo‘lsa, noyabrdan buyon ilk marta maydonga tushgan Garet Beyl 83-daqiqada oradagi farqni ikkitaga yetkazib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Real» hisobidagi ochkolar soni 52taga yetdi va jamoa turnir jadvalini boshqarishda davom etmoqda. «Espanol» 32 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.
Ispaniya la-ligasi, 23-tur
Real Madrid – Espanol 2:0 (1:0)
Gollar: Morata (33), Beyl (83).
Real Madrid: Kasilya, Varan, Nacho (Marselo, 81), Karvaxal, Pepe, Kovachich (Kazemiro, 61), Kroos, Isko, Vaskes, Ronaldu, Morata (Beyl, 71).
Espanol: Lopes, Duarte, Karikol, Reyyes, Diop, Xavi Fuego, Lopes Silva, Xurado (Vaskes, 82), Reyyes (Peres, 46), Pyatti, Moreno.
Ogohlantirishlar: Moreno (28), Kovachich (41), Isko (48), Xavi Fuego (53), Diop (68), Karikol (80), Kazemiro (82).
Mavzuga oid
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
23:54 / 30.09.2025