Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidentligiga yangi nomzod topildi
Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod davrida vitse-prezident bo‘lgan Hamid Rizo Baqoiy bu yil o‘tadigan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e'lon qildi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men Eron Islom Respublikasi prezidentining 12-sonli saylovlarida ishtirok etish uchun nomzodimni qo‘yishimni rasman e'lon qilaman", deb aytgan Baqoiy. Xabarda aytilishicha, Baqoiy saylovlarda hech qaysi partiya, guruh yoki biror bir siyosiy kuch bilan bog‘lanmagan holda, mustaqil nomzod sifatida ishtirok etadi.
2005 yildan 2013 yilgacha Eron prezidenti bo‘lgan Mahmud Ahmadinajod saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ymasligini ma'lum qilgandi.
Ushbu saylovlar 2017 yil may oyida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
12:10 / 29.09.2025
Chexiya parlament saylovlari oldidan aralashuvdan xavotirda
11:59 / 29.09.2025
Moldova parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi
10:04 / 29.09.2025
Moldova parlamentiga saylovlarda hukmron partiya yetakchilik qilmoqda
18:17 / 25.09.2025