Plastik kartochka orqali to‘laganda narxlar sun'iy oshirilsa qancha jarima qo‘llaniladigan bo‘ldi?

Illyustrativ surat
Aholiga chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sohasida naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb qilish va to‘liq hisobga olinishi, iste'molchilarning huquq va manfaatlariga qat'iy rioya qilinishini ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirishga qaratilgan qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror respublikamiz hududlarida nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminalaridan foydalanmaslik, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidan naqd pul mablag‘lari tushishi darajasining pastligi natijasida daromadlarning katta qismi bankdan tashqari muomalaga chiqib ketayotganligi sababli aholi va tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida nosog‘lom muhitni vujudga keltirayotgan holatlar bo‘yicha aniqlangan faktlarning tanqidiy tahlili natijasida qabul qilingan.
Qarorga asosan mamlakatimizda 2017 yilning 1 martidan boshlab chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub'yektlari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar aholidan to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish imkonini beruvchi to‘lov terminallari bilan jihozlanmasdan faoliyat yuritishi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga tijorat banklari, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi va Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan hamkorlikda 10 kun muddatda chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish obektlarining to‘lov terminallari bilan jihozlanganligini inventarizatsiyadan o‘tkazish, inventarizatsiya natijalariga ko‘ra qisqa muddatda, kerakli miqdordagi hisob-kitob terminallari o‘rnatilishi va ularni zaruratga qarab uzluksiz elektr quvvati bilan ta'minlovchi texnik vositalar bilan jihozlanishini ta'minlash, yangi o‘rnatilgan hisob-kitob terminallarini tadbirkorlik sub'yektlaridan ariza tushgan kundan boshlab uch kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ro‘yxatga olinishini ta'minlash vazifalari yuklatilgan.
Agarda chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan sotilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul yoki plastik kartochkalar orqali to‘lov shakliga qarab narxlarni sun'iy ravishda oshirish yoki pasaytirish holatlariga yo‘l qo‘yilsa, bu hisob-kitob terminallaridan foydalanishning belgilangan tartibini buzish deb hisoblanib, eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi.
O‘rnatilgan tartibga muvofiq, davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarida naqd pul yoki plastik kartochkalar orqali to‘lov shakliga qarab sun'iy ravishda narxlarni oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalari, hisob-kitob terminallarini qo‘llash, shuningdek, belgilangan tartibdagi talonlar va xarid cheklari berilishi, naqd pul tushumlarini to‘liq va o‘z vaqtida inkassatsiya qilinishi yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi ruxsatnomasi asosida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlar hisoblanmasligi belgilab qo‘yildi.
Davlat soliq qo‘mitasiga belgilangan tartibda mazkur masalalar bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektlarida, birinchi navbatda savdo komplekslarida, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida doimiy ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib borish vazifasi yuklatildi.
Qaror talablaridan kelib chiqqan holda Markaziy bank tomonidan hisob-kitob terminallari bilan jihozlash va ulardan amaliy foydalanishlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutgan holda xisob-kitob terminallarini ijaraga berish va ularni tadbirkorlik sub'yektlariga realizatsiya qilish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqiladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga “O‘zbekenergo” kompaniyasi bilan birgalikda to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish imkonini beruvchi xisob-kitob terminallari bilan jihozlangan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarini sifatli va uzluksiz aloqa bilan ta'minlash, bunda tog‘li va uzoq hududlarga alohida e'tibor qaratish vazifasi topshirildi.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan huqubuzarliklarning oldini olish maqsadida nazorat-kassa mashinalari va to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish imkonini beruvchi hisob-kitob terminallari o‘rnatmasdan faoliyat yuritganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda keng tushuntirish, profilaktik tadbirlari tashkil etiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi
Axborot xizmati
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

19:14 / 17.04.2025
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi

12:05 / 25.02.2025
Faxriy donorlar uchun pul mukofoti 3 baravarga oshiriladi

10:11 / 24.02.2025