Jahon | 21:57 / 18.02.2017
5474
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Bundesverni Raqqani ozod qilishda ishtirok etishga taklif qildi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Germaniyaning Dyusseldorf shahrida hamyurtlari oldidagi nutqida Fathulla Gulen terrorchilik oqimi tarafdorlari qayerda bo‘lishlariga qaramasdan, aniqlanib, qonun oldida javob berishlarini aytdi.  

Yildirimning aytishicha, Turkiya hozirda AQShning Pensilvaniya shtatida yashayotgan Gulenning  ekstraditsiya qilinishiga muvaffaq bo‘ladi.

Uning aytishicha, ayrim kuchlar Turkiyaning terrorchilikka qarshi kurash borasidagi muvaffaqiyatlaridan norozi bo‘lishlari mumkin. "Biroq ishontirib aytishim mumkin, Anqara belgilagan yo‘lidan og‘ishmaydi. Biz hech kimning maslahatiga muhtojmasmiz. Turkiya qo‘rqitish mumkin bo‘lgan davlat emas", deb aytgan Turkiya bosh vaziri. 

Yildirimning ta'kidlashicha, terrorchilik homiylari tomonidan avj oldirilayotgan alanga bir kun ularning o‘zlariga pand beradi.   

Yildirim Anqaraning Raqqa shahrini jangarilardan ozod qilish tashabbusi borasida, Turkiya va AQSh  qurolli kuchlari IShIDga qarshi janglarda bevosita ishtirok etmasligini, biroq Suriya ozodlik armiyasi otryadlariga va mahalliy kuchlarga yordam berishini aytgan.

Yildirim  Germaniya kansleri Angela Merkel bilan suhbatda Germaniyaga mamlakat qurolli kuchlari – Bundesverni Raqqani ozod qilish operatsiyasiga qo‘shishni taklif qilgan. 

Mavzuga oid