Rossiya istalgan paytda NATO mamlakatlariga çeklangan kölamda zarba berişga qodir, deb hisoblaydi Bundesverning operativ qömondonligini boşqarayotgan general-leytenant Aleksander Zollfrank. «Hozir Rossiya nimaga ega va u şu bilan nima qila olişini hisobga oliş kerak, — dedi Zollfrank 7 noyabr kuni Reuters agentligiga bergan intervyusida. — Şu nuqtadan kelib çiqib, Rossiya ertagayoq NATO hududiga kiçik kölamda zarba berişi mumkin».

Nemis generali bunda «hududiy darajadagi kiçik, tezkor hujumlar»ni nazarda tutayotganini aytdi: «Katta amaliyot emas — buning uçun Rossiya Ukrainada juda band». Şu bilan birga, agar Moskva qurollanişni davom ettirsa, Zollfrank 2029 yilga borib keng kölamli hujum ham yuz berişi mumkinligini istisno etmadi. Ammo bu röy berişi, uning fikriça, katta darajada Ğarbning pozitsiyasi va özini tutişiga boğliq böladi.

Bundesver operativ qömondonligi boşliğining sözlariga köra, Rossiya gibrid hujumlar orqali NATOni qözğatiş va uning reaksiya tezligini sinaşni közlaydi. Bu hujumlarning öziga xos jihatlaridan biri — ularni aniq tarzda klassifikatsiya qiliş köpinça imkonsiz. «Bu — usul. Va bu usulning maqsadi — işonçsizlik uruğini soçiş, qörquv uyğotiş, zarar yetkaziş, josuslik qiliş, sinaş, — dedi Aleksander Zollfrank. — Bu qörqitiş orqali uruş olib borişdir».

U öz pozitsiyasini Rossiya qöşinlarining salohiyati bilan asosladi. Baho berilişiça, Ukrainadagi yöqotişlarga qaramay, RF harbiy-havo kuçlari jangovar qudratni saqlab qolgan, yadroviy va raketa qöşinlari umuman olganda foydalanilmagan holatda qolmoqda. Quruqlik qöşinlari yöqotişlarga uçragan, ammo RFdagi jangovar tanklar soni şunçalik köpki, çeklangan hujumni hoziroq tasavvur qiliş mumkin. Bundan taşqari, Rossiya öz qöşinlari sonini 1,5 million askar va ofitsergaça oşiriş niyatida.

Aleksander Zollfrank ta’kidlaşiça, deyarli 20 yildan buyon Moskva Yevropada xavfsizlik arxitekturasini özgartirişga qaratilgan strategik yönalişni olib bormoqda va Ukrainaga qarşi uruşdagi katta yöqotişlarga qaramay, şu yölda davom etmoqda. NATO bunga faqat «aniq qizil çiziqlar» örnatiş va yaxşi tayyorgarlik hisobiga raqibni tiyib turiş orqali qarşi tura oladi, deb hisoblaydi Bundesver generali.