Ukrain harbiy instruktorlari Bundesverga Rossiyaning ehtimoliy hujumini qaytarişga tayyorgarlik körişda yordam beradi. Bu haqda Germaniya quruqlik qöşinlari inspektori general-leytenant Kristian Froyding Reuters agentligiga bergan va 11 mart, çorşanba kuni e’lon qilingan intervyusida ma’lum qildi. Froydingning sözlariga köra, dastlabki bosqiçda Ukraina qurolli kuçlaridan “ikki xonali son” miqdoridagi, ya’ni öndan ortiq instruktor Germaniyadagi harbiy bilim yurtlarida “bir neça hafta” davomida işlaş uçun keladi.

“Biz katta umid boğlayapmiz, — dedi Froyding. — Hozir Ukraina harbiylari dunyoda Rossiyaga qarşi frontda haqiqiy jangovar harakatlar tajribasiga ega bölgan yagona harbiylardir”. Generalning ma’lum qilişiça, Ukraina qurolli kuçlari harbiylari nemis hamkasblari bilan artilleriya, bronetank operatsiyalari, uçuvçisiz apparatlardan foydalaniş va muhandislik işlari kabi sohalardagi tajribasini bölişadi.

Şu bilan birga, Germaniya quruqlik qöşinlari inspektori ğarb razvedka xizmatlari baholariga tayandi. Ularga köra, Rossiya 2029 yilga borib NATOga qarşi keng kölamli hujumga tayyor bölişi mumkin.

“Bu deyarli ertaga degani. Bizning vaqtimiz yöq — duşman biz tayyorligimizni e’lon qilişimizni kutib turmaydi. Şuning uçun tayyorgarlik köriş uçun har qanday imkoniyatdan foydalanişimiz kerak”, — deb ta’kidladi Froyding.

Fevral oyida Der Spiegel jurnali jangovar tajribaga ega ukrain instruktorlari Bundesver harbiylariga dronlardan foydalaniş, hujumlarni qaytariş va mobil ilovalar yordamida operatsiyalar ötkazişni örgatişi haqida yozgan edi.

2022 yil oktyabridan buyon taxminan 25 000 nafar ukrain harbiysi Germaniyada tayyorgarlikdan ötdi. Bu haqda dpa agentligi Bundesver vakiliga tayanib xabar berdi. Tayyorgarlik Ukrain harbiylarini öqitiş böyiça Yevropa Ittifoqi missiyasi (EUMAM) doirasida amalga oşirilmoqda. Bundesver vakilining sözlariga köra, hozir Germaniya armiyasi Saksoniya-Anhalt federal yeridagi harbiy poligonlardan birida ukrain harbiylariga Leopard 1A5 asosiy jangovar tanklarini va Biber zirhli köprik qöyuvçi texnikalarini boşqarişni örgatmoqda.

Bu Ukraina va Germaniya örtasidagi harbiy hamkorlikning yagona yönalişi emas. Masalan, dekabr oyida ukrain dron işlab çiqaruvçisi Frontline Robotics va Germaniyaning mudofaa kompaniyasi Quantum Systems Ukraina Mudofaa vazirligi buyurtmasi asosida jangovar dronlar işlab çiqarişni boşlaşi ma’lum bölgan edi. Bu maqsadda Yevropadagi uçuvçisiz uçiş apparatlarini işlab çiqariş böyiça birinçi töliq avtomatlaştirilgan sanoat liniyasi yaratiladi.