Vadim Abramov «Buxoro»dagi faoliyati bo‘yicha uzil-kesil javob berdi

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov «Buxoro»da maslahatchi murabbiy sifatida ish boshlashi borasida chiqqan xabarlarga izoh berib o‘tdi.
«Buxoro»da ishlashim haqidagi gaplar hech qanday asosga ega emas. Men ayni vaqtda hech bir klubda ishlamayapman va «Buxoro»ga ham hech qanday aloqam yo‘q.
«Buxoro»da bosh murabbiy sifatida Ulug‘bek Baqoyev, yordamchi murabbiy sifatida esa Baxtiyor Ashurmatov ishlamoqda. Oxirgi vaqtlarda menga tinimsiz qo‘ng‘iroqlar bo‘lib, odamlar «Buxoro»da ish boshlaganim bilan tabriklashyapti. Ammo aslini olganda, men hech qayerda ishlamayapman.
Buxoro shahriga borganim rost. Lekin u yerga «Buxoro» bilan shartnoma imzolash uchun bormagandim. Shunchaki, klubdan taklif bo‘ldi, men esa rahbariyat bilan gaplashib olish uchun bordim. Qolaversa, taklifni qabul qila olmasligim avvaldan ma'lum edi, chunki buxoroliklar va'da qilgan shart-sharoitlar mening rejalarimga to‘g‘ri kelmadi.
Ulug‘bek Baqoyev nomzodini men tavsiya qilganim to‘g‘ri. Shaxsan o‘zim Baqoyevni iqtidorli futbolchi deb bilaman va uning nomzodini klub mutasaddilariga tavsiya qildim. Ulug‘bek faoliyati davomida bir qator kuchli murabbiylar qo‘l ostida tajriba to‘pladi. Boz ustiga mahalliy sharoitdan ham yaxshi boxabar. Bu esa «Buxoro»ga qo‘l kelishi mumkin», deya Abramovning so‘zlarini keltirib o‘tdi «Interfutbol».
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik 14 nafar faxriyning hayotiga oid «Xotira nuri» kitobi taqdim etildi
O‘zbekiston | 18:00
-
“Biz ularga qo‘shila olmaymiz”. Xalq demokratik partiyasi parlamentda o‘zini muxolifat deb e’lon qildi
O‘zbekiston | 18:00
-
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 17:48
-
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi
Jahon | 17:40
Mavzuga oid

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

14:03 / 11.05.2025
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi

10:12 / 01.05.2025
Buxoroda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Aeolus haydovchisi vafot etdi

22:40 / 28.04.2025