Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Mo‘sulning g‘arbini ozod qilish uchun yurish boshladi
Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy hukumat qo‘shinlari Mo‘sulning g‘arbiy qismini IShIDdan ozod etish uchun harbiy yurish boshlangani haqida e'lon qildi.
«Bizning qo‘shinlarimiz shaharni IShIDdan to‘la ozod etish uchun harbiy harakatlarni boshladi», degan u televideniye orqali chiqishida.
Iroq hukumati armiyasi shaharning g‘arbiy qismini qamalda tutib turgandi. Shuningdek, AQSh rahbarligidagi aviatsiya samolyotlari IShID pozitsiyalarini havodan turib bombardimon qilib kelmoqda.
BMT bu harbiy amaliyot vaqtida tinch aholi xavfsizligini ta'minlashni so‘ragandi.
Bu amaliyot tufayli 400 mingdan ortiq qochqin paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirilgan.
18 fevral kuni Reyter agentligi shahar ustida uchgan samolyotlar varaqalar tashlab, aholini hujum haqida ogohlantirgani va ulardan shahardan chiqib ketish so‘ralgani haqida xabar berdi. Varaqalarda shuningdek, IShID jangarilari qurollarni tashlab, taslim bo‘lishga chaqirilgan.
Mo‘sulni ozod qilish uchun quruqlikdagi harbiy harakatlar o‘tgan yilning 17 oktabrida boshlangandi. Unda Iroq armiyasidan tashqari, kurd harbiy bo‘linmalari va shia ko‘ngillilari ishtirok etmoqda. 2017 yilning 18 yanvariga kelib, Iroqdagi kattaligi bo‘yicha eng yirik ikkinchi shahar bo‘lgan Mo‘sulning sharqiy qismi to‘la ozod etilgandi.
Mavzuga oid
21:54 / 07.05.2024
Toshkentda 8 may kuni harbiylar piyoda yurishi o‘tkaziladi
00:35 / 10.01.2018
Mo‘sulda qo‘lga olingan IShID jallodi pora evaziga qo‘yib yuborildi – OAV
00:43 / 21.12.2017
Mo‘sulni ozod qilish vaqtida halok bo‘lgan tinch aholining haqiqiy soni ma'lum qilindi
11:11 / 04.09.2017