Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar uyqu vaqtida telefonni karovatdan uzoqroq tutishni tavsiya qilishdi
Amerikalik olimlar uyqu vaqtida yoqiq telefonning salbiy asoratlaridan ogohlantirishdi. Tadqiqotchilar tunda telefonni imkon qadar karovatdan uzoqda saqlashni tavsiya qilishdi. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida ma'lumot berdi.
Mutaxassislarning fikricha, sog‘lom uyqu va insonning tush ko‘rishi uchun mas'ul melatonin gormoni atrof-muhitga o‘ta ta'sirli bo‘lar ekan. Ayniqsa gadjyetlardan taralayotgan nurlarga. Ular odatiy reflektor bog‘liqlik - tun-uyqu tizimini buzadi va insonning uyqusizlikdan aziyat chekishiga sabab bo‘ladi.
Tungi dahshatli tushlar, shuningdek ertalabki asabiylashish va ruhiy tushkunlik holati ham telefon tufaylidir. Devayslarning organizmga uzoq vaqt davomida ta'sir qilishi juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tibbiyot xodimlarining ta'kidlashlaricha, inson kamida yetti soat uxlasagina yuqori ishchanlik natijalarini ko‘rsata oladi. Uyqu soatlarining kamayishi esa insonning immun tizimi buzilishiga sabab bo‘ladi. Ba'zan ishtaha yo‘qoladi, ruhiy kasalliklar shakllanadi. Organizmning qarish jarayoni tezlashadi, o‘z-o‘zini vayron qilish mexanizmi ishga tushadi.
Mavzuga oid
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025
Tez yordamning yetib borish vaqti 3 barobar qisqardi – SSV
17:35 / 13.12.2025