AQShda bemorga yangi yuz ko‘chirib o‘tkazildi
AQShning Mayo klinikasi jarrohlari noyob va murakkab jarrohlik operatsiyasiga qo‘l urishdi: ular yuz ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini amalga oshirishdi. Bunday operatsiyalar butun tibbiyot tarixida 40 martadan kamroq marta bajarilgan. Jarrohlar o‘z joniga qasd qilishga urinishdan keyin tirik qolgan yigitga yangi yuz ko‘chirib o‘tkazishdi. Bu haqda Business Insider portali xabar bermoqda.
2006 yilda 21 yoshli Endi Sandness o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Yuzning engak qismiga otilgan o‘q yuzning asosiy qismini yo‘q qilgan, biroq Endi omon qolgan. Shifokorlar qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilganlar, biroq yigitning burni, jag‘i va tishlarini tiklashga muvaffaq bo‘la olmaganlar. 2012 yilda shifokorlarga Endiga boshqa bir odamning yuz qismini o‘tkazish g‘oyasi qelgan. Jarrohlar bu operatsiyaga bir necha yil tayyogarlik ko‘rishgan. Endiga 21 yoshida o‘ziga o‘q uzgan boshqa bir yigit donorlik qilgan. Yuzni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi 56 soat davomida olib borilgan va unda 60 kishi ishtirok etgan.
Shifokorlar Sandnessga o‘z yuziga operatsiyadan keyin uch hafta davomida ko‘zguda qarashga ruxsat berishmagan. Yigit o‘zining yangi qiyofasini ko‘rganda esa hayratdan yoqa ushlagan. "Sen o‘zingda bo‘lgan biror narsani yo‘qotsanggina uning qadriga yetasan. Agar birdan uni qaytarishga imkoniyat olsang, unda buni hech qachon unutmaysan", deb aytgan yangi yuz sohibi.
Mavzuga oid
23:52 / 26.11.2024
AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
18:06 / 26.11.2024
Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj joriy etilishini e’lon qildi
07:53 / 26.11.2024