Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barron's: Opel aksiyalari sotilsa GM 35 foizga qimmatlashadi
Germaniyaning Opel avtomobilsozlik kompaniyasi aksiyalarini sotish bo‘yicha bitim muvaffaqiyatli amalga oshirilgudek bo‘lsa, General Motors konserni aksiyalari narxi 35 foizga qimmatlashishi mumkin. Barron's kompaniyasi tahlilchilari shunday fikrda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya zarar keltirib ishlayotgan yo‘nalishlardan voz kechishi va rivojlanayotgan bozorlar – Shimoliy va Lotin Amerikasi hamda Xitoyga e'tiborini qaratishga imkon topadi. Germaniya brendini sotish GM konserniga 1 mlrd dollar naqd ko‘rinishda pul tushumini keltirishi barobarada bosh og‘riqqa aylanib ulgurgan aktivdan qutulish orqali yiliga yana 1 mlrd dollarni tejash imkonini beradi. 2016 moliya yili hisobotiga ko‘ra, Opel bo‘limi GM kompaniyasiga 257 mln dollar amaliy zarar keltirgan.
Barron's tahlilchilarining fikricha, yaqin orada avtomobillar savdosi tushishi kutilayotgan bo‘lsa-da, kelgusida kompaniyaning har bir aksiyadan ko‘radigan daromadi 3−4 dollarga ortadi.
O‘tgan haftada Fransiyaning Peugeot va Citroen avtomobillarini ishlab chiqaruvchi PSA guruhi General Motors konsernining Yevropadagi biznesi, xususan, Vauxhall va Opel brendlarini xarid qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ushbu reja amalga oshgudek bo‘lsa, PSA Group Yevropa avtomobil bozorining 16 foizini egallaydi va Volkswagen konsernidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Xabarlarga ko‘ra, PSA Group Germaniya hukumatiga Opel kompaniyasining to‘rtta zavodini ham saqlab qolishga va'da bergan. Bitim 9 martda yakunlanishi mumkin.
Mavzuga oid
00:19 / 07.11.2025
Prezident GM rahbari bilan mahsulot turlarini kengaytirishni muhokama qildi
16:29 / 11.08.2024
Amerikaliklarga sotilgan va sovetlar zavodini Moskvaga ko‘chirib ketgan kompaniya - Opel tarixi
18:59 / 10.05.2024
General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi
17:13 / 07.02.2022