General Motors kompaniyasi joriy yilning kuzidan boşlab benzinda harakatlanadigan Chevrolet Malibu avtomobillarini işlab çiqariş töxtatilişini e’lon qildi.   

Ayni paytda uşbu avtomobil işlab çiqarilayotgan Fairfax zavodi yangi avlod Bolt elektr xetçbeklari uçun ixtisoslaştiriladi. Bundan taşqari, xuddi şu zavod qisqa tanaffusdan keyin Cadillac XT4 krossoverini yiğişni yana davom ettiradi. Bolt’dan farqli ölaroq, XT4 an’anaviy benzinli dvigatellar qatorini saqlab qoladi.  

Ma’lumot uçun, GM 1964 yildan boşlab uşbu rusumdagi avtomobillarni dastlab Chevelle, keyin esa Malibu brendi ostida işlab çiqarib kelayotgan edi. Ötgan davr mobaynida uşbu modelning 10 milliondan ortiq sotuviga erişilgan.

Eslatib ötamiz, 2012 yilning mart oyidan boşlab Özbekistonda ham Chevrolet Malibu avtomobilini yiğiş boşlangandi. Ayni paytda uşbu avtomobil  UzAuto Motors tomonidan 419 mln sömdan xaridorlarga taklif qilinmoqda.