Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydagi qurilishi tugallanmagan eng qimmat kvartira qanchaga tushdi?
2016 yilda Dubayda qurilish jarayonidayoq xarid qilingan eng qimmat kvartiralarning top-10 reytingi tuzildi. Ma'lum bo‘lishicha, eng qimmatbaho apartamentlar narxi 8 million dollardan oshgan. Arabian Business mazkur reytingni taqdim etdi.
Jumeirah Beach Residence (JBR) hududida qurilayotgan 1 / JBR inshootidagi apartament xaridi o‘tgan yili Dubaydagi qurilish jarayonida imzolangan bitimlar orasida eng qimmatbahosi bo‘ldi. 312 kvadrat metrli kvartira 8,08 million dollarga sotilgan. Uning egasi har bir kvadrat fut uchun 2 406 dollar to‘lagan.
Shuningdek Dubayda qurilishi tugallanmagan eng qimmat uylar o‘nligi ro‘yxatida Downtown Dubai hududida joylashgan obektlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

The Address Residences Dubai Opera (Tower 1)dagi kvartiralar ro‘yxatning ikkinchi, uchinchi va beshinchi o‘rinlarini egalladi. Ularning kvadrati uchun 7.46, 6.99 va 6.73 million dollar sarflangan. 6.79 million dollarlik shartnoma The Address Residence Sky View (Tower 1)da qayd etilgan. U ro‘yxatning to‘rtinchi pog‘onasidan o‘rin olgan. Oltinchi pozitsiya esa The 118 apartamentiga berilgan (6.04 million dollar).
Palm Jumeirah'dagi One loyihasi birinchi o‘nlikdagi so‘nggi to‘rt o‘rinni band qilgan (5.86, 5.74, 5.64 va 5.45 million dollar).

Mavzuga oid
18:53 / 28.06.2026
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
11:05 / 16.06.2026
Mijozlar bilan eng yomon ishlayotgan banklar ro‘yxati e’lon qilib boriladi
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026