Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul: Kim Chen Namga suiqasd Kim Chen In hokimiyati mustahkamlanayotganini anglatadi
Kim Chen Namni yo‘qotishning bosh omili KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o‘z hokimiyatini mustahkamlashga urinish bilan izohlanishi mumkin. Koreya respublikasi birlashuv vaziri Xon Yon Pxyo xorijiy jurnalistlar uchun Seulda o‘tkazgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritdi.
"Kim Chen Namning o‘ldirilishi «terror hokimiyati» hisoblangan Kim Chen In tuzumi harakatlariga mos keladi. In o‘z hokimiyatini mustahkamlash uchun unga tahdid solishi mumkin bo‘lgan barchani yo‘qotmoqda", - degan vazir.
Xon Yon Pxyoning fikricha, Kim Chen Namning o‘limida "ko‘plab guvohliklar, xususan razvedka ma'lumotlari Shimoliy Koreya qo‘li borligini ko‘rsatmoqda". Biroq, vazir maxfiyligi sababli dalillarni keltirmagan.
Janubiy Koreya birlashuv vazirining aytishicha, "Kim Chen Namning o‘limi yaqin istiqbolda Kim Chen Inga yordam beradi, ammo uzoq istiqbolda – salbiy ta'sir ko‘rsatadi".
"Terror va qo‘rquvga asoslangan har qanday tuzum uzoq yashamaganiga tarix guvoh", -deya xulosa qilgan vazir.
14 fevral kuni Malayziya huquq-tartibot idoralari KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Namning o‘limini tasdiqladi. U Kuala-Lumpur aeroportida o‘zini yomon his qilgach, shifoxonaga yetmasdan halok bo‘lgan edi.
Hozircha, jinoyat qanday sodir etilgani, marhum nima sababli hayotdan ko‘z yumgani noma'lum. Shu bilan birga, Kim Chen Namning o‘limiga doir rasmiy xulosa ham e'lon qilinganicha yo‘q. Hozircha, huquq idoralari xodimlari 4 kishi, shu jumlada kuzatuv kameralariga tushib qolgan ikki qizni ham qo‘lga olgan.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026