Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Origami qalqon o‘q o‘tkazmaydi (foto + video)
Yaponiyaga xos bo‘lgan qadimgi origami (qog‘ozni buklab turli shakllar yasash) san'ati Brigama Yanga universiteti olimlarini ilhomlantirdi. Olimlar origami usulidan foydalangan holda yengil, yig‘iluvchi o‘q o‘tkazmas qalqonni yasashdi. Ularning ta'kidlashicha, yangi qalqon huquq-tartibot idoralari foydalanishidagi juda og‘ir, noqulay o‘q o‘tkazmas temir qalqonlarni almashtirishi mumkin.
Tadqiqotchilar guruhiga mashinasozlik professori Larri Xauell rahbarlik qilgan. Aynan u ixtiro asosiga yoshimura-origami texnikasini qo‘llashni olib kirgan. Ushbu qalqon turi 12 qatlam o‘q o‘tkazmaydigan kevlardan iborat bo‘lib, yengil avtomobil yukxonasiga osongina joylanadi. Bir vaqtning o‘zida 2-3 kishini himoya qilish uchun 5 soniyada yoyiladi.

Prototip vazni atigi 25 kg turadigan qalqon sinov vaqtida .357 Magnum va .44 Magnum pistoletlarining o‘qlariga dosh bergan. Hozirda, zirxli qalqon huquq idoralarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, bu ixtirodan maktablar xavfsizligini ta'minlash yoki favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni himoya qilishda foydalanish mumkin. Biroq, uning narxi ma'lum qilinmayapti.
Mavzuga oid
02:25 / 13.10.2025
2025 yilning eng yaxshi ixtirolari e’lon qilindi
18:14 / 07.09.2025
O‘zbekistonda ixtiro qilingan surunkali alkogolizmni davolovchi vosita patentlandi
11:19 / 24.03.2025
Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi
10:30 / 22.03.2025