Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgar jazoga tortildi
Umarbek Hamdamov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) kollejda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
U kollej bitiruvchisi bo‘lgan Sayidnosirning tibbiyot oliygohiga o‘qishga kirish niyatini bilib qoldida:
- Istasang, yordam beraman. Uydagilaringga ayt, menga uchrashsin, - deya “qarmoq tashladi”.
Sayidnosir bu gapni bobosi Anvar akaga aytgan edi, u tezda o‘qituvchi bilan uchrashdi.
- Shu nabiram “medinstitut”ga kirsa, degan niyatda edik.
- Hozir siz aytayotgan institutga kirish judayam qiyin. Lekin boshqa variant ham bor.
- Qanaqa variant bor? – qiziqib so‘radi Anvar aka.
- Toshkent stomatologiya institutining Samarqand filialiga o‘qishga kirishning yo‘li bor.
- Yordam qiling, “xizmat” bizdan.
- Hozir u yerga kirish 15 ming dollar bo‘lgan, - dedi Umarbek bamaylixotir.
Avvaliga Anvar aka ikkilandi. Biroq nabirasi uchun Umarbek bilan 14 ming dollarga kelishdi. Anvar aka oldiniga unga 4 ming AQSh dollari, test sinovlari boshlanishi arafasida yana 10 ming AQSh dollari keltirib berdi.
Kutilgan test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Keyin javoblari ham e'lon qilindi. Sayidnosir talabalar orasidan joy olmadi.
Umarbek bo‘lsa Anvar akaning pulni qaytarish haqidagi talabini bajarmay, aldab yuraverdi. Oxir-oqibat, Anvar aka bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.
Tergov jarayonida ayblanuvchi Umarbek Hamdamov jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to‘liq qopladi.
Sud tomonidan Umarbek Hamdamovga bir yil axloq tuzatish ishlari jazosi va eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026