O‘zbekiston | 18:44 / 22.02.2017
114814
3 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda qishloqlardagi yangi uylarning narxi qancha bo‘ladi?

Qishloq joylarda aholining keng qatlamlarini zamonaviy va shinam uy-joy bilan ta'minlash darajasini tubdan oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrda «2017 — 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi  to‘g‘risida»  PQ-2639 sonli qarori qabul qilingan.

Iqtisodiyot vazirligi 22 fevral kuni «O‘zbekiston respublikasining qishloq joylari va shaharlarida arzon va qulay uy-joylarni qurish istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda qatnashgan jurnalistlarga, jumladan «Kun» muxbiriga dasturda belgilangan asosiy yo‘nalishlar haqida ma'lumot berildi. Xususan, dastur asosida qancha uy qurilishi, yangi uylarning narxi qancha bo‘lishi haqida aytildi.

Dasturda belgilangan asosiy yo‘nalishlar:

- yashash uchun ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, qishloq aholisining zamonaviy, sifatli, shinam, arzon uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;
- qishloq joylarda uy-joylar qurish uchun ajratilgan turarjoy massivlarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini va transport tarmoqlarini birgalikda rivojlantirish;
- konstruktiv va arxitektura-rejalashtirish yechimlarini optimallashtirish hisobiga loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari, shuningdek, barpo etilayotgan uylar tannarxini pasaytirish;
- energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishni kengaytirish;
- joylarda qurilish industriyasini rivojlantirish, pudrat tashkilotlarining quvvatlarini ko‘paytirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
- uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash;
- qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun imtiyozli kreditlar berishning fuqarolar uchun yanada qulay shartlarini joriy etish.

2017 yil Dasturi bo‘yicha qurilishi rejalashtirilgan uy-joylar to‘lovi

Qarorga muvofiq, Dasturda «Qishloq qurilish bank» ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Ipoteka-bank» ATIBdan tashqari «Xalq banki» ATB, «Asaka bank» ATB va «O‘zsanoatqurilishbank» ATB ham ishtirok etadi.

Uy-joylarning yangi namunalarini qurish uchun Dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan uy quruvchilarga 3 yillik imtiyozli davr va birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid