Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi kinematografiyani rivojlantirish markazi va yana 2 tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 15 fevral kuni Sayroqi qushlar Ravshan klubi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi respublika hududida sayroqi qushlarni ko‘paytirish, ular o‘rtasida turli konkurslarni o‘tkazish va targ‘ib qilish, rivojlantirish hamda ommaviylashtirishdan iborat.
15 fevral kuni esa O‘zbekiston kompyuter va kiber sport o‘yinlari assotsiatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida kompyuter va kiber sportini rivojlantirish, kompyuter va kiber sport o‘yinlari bo‘yicha tadbirlar va musobaqalar o‘tkazishni tashkil etish hisoblanadi.
Shuningdek, 18 fevral kuni Kinematografiyani rivojlantirishga ko‘maklashish markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi kinematografiya sohasini rivojlantirishga ko‘maklashish, tashkilot a'zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning professional ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda ifoda etishdir.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026