Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Rossiyaga tashrifi vaqtida sanksiyalar masalasini uzil-kesil hal qilmoqchi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mart oyida Rossiyaga uyushtiradigan tashrifida o‘zaro munosabatlar normallashishining borishi, amalda qolayotgan savdo sanksiyalarining bekor qilinishi, Suriya va aksilterrorchilik masalalarini muhokama qiladi. Bu haqda Erdo‘g‘anning rasmiy vakili Ibrohim Kalin ma'lum qildi.
"Mart oyida oliy darajadagi hamkorlik yig‘ilishi o‘tkazilishi munosabati bilan Rossiyaga tashrif rejalashtirilmoqda. Hozir samolyot bilan bog‘liq voqeadan keyin kiritilgan sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Tashrif vaqtida bu ishga nuqta qo‘yiladi, deb umid qilamiz. Shuningdek, kun tartibida Suriya, aksilterrorchilik, Iroq bor", deb aytdi Kalin.
Mavzuga oid
11:46
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026