Jahon | 12:19 / 22.02.2017
8722
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston deputatlari Emba poligonining Rossiyaga ijaraga berilishini to‘xtatishni ma'qulladi

Foto: © RIA Novosti

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi (Majilis) Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida Emba poligonidan ijara asosida foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma'qulladi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

2016 yilning oktabrida RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qozog‘istondagi Emba poligonidan ijara asosida foydalanish bo‘yicha Rossiya-Qozog‘iston kelishuvini bekor qilish haqidagi bayonnomani imzolagandi. Unga ko‘ra, 300 ming gektardan ortiq maydon ijara hududidan chiqarilgandi.

Deputatlar shuningdek, "Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Emba poligonidan foydalanish bo‘yicha ijara kelishuvini to‘xtatish me'yorlari bo‘yicha bayonnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ham ma'qullashgan.

Qozog‘iston Mudofaa vaziri Talgat Muxtarov "Emba poligonidan foydalanish majburiyatlari bo‘yicha Rossiya tomoniga hech qanday e'tiroz yo‘qligi" haqida ma'lum qilgan.

U shuningdek, Rossiya tomoni Qozog‘istonga avvalroq barcha ko‘chirib bo‘ladigan va ko‘chmas mulklarni yetkazgani, o‘z ixtiyorida faqat 308 ming gektar maydonni qoldirganini bildirgan.

Endilikda, Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, qonun loyihasi Qozog‘iston parlamentining yuqori palatasi (Senat)ga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid