“Çiqindilarni qayta işlaş sohasini yanada takomillaştiriş hamda kompleks tizimlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan, çiqindilarni qayta işlaş sohasidagi asosiy yönalişlar belgilandi, xususan:

  • mavjud qattiq maişiy çiqindi poligonlarini 2030 yilgaça 50 foizga qisqartiriş;
  • yangidan hosil bölayotgan çiqindilarni poligonlarga yönaltirmasdan, maksimal darajada qayta işlaş yoki kuydiriş, sohaga sirkulyar iqtisodiyot amaliyotini joriy qiliş.

2026 yildan boşlab çiqindi poligonlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan taşkil etiladi.

Şuningdek, Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi tizimida çiqindi poligonlari hududida çiqindilarni utilizatsiya qiliş va qayta işlaşga ixtisoslaşgan sanoat zonalari 30 yil muddatga taşkil etiladi.

Bundan taşqari, Namangan va Toşkent viloyatlarida qattiq maişiy çiqindilarni termik usulda utilizatsiya qiliş (yoqiş) böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş maqsadida qişloq xöjaligiga möljallangan suğoriladigan 19,87 gektar yer uçastkalari qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boşqa maqsadlarga möljallangan yerlar toifasiga ötkaziladi.