“Özbekiston–2030” strategiyasi loyihasida tabiiy ekotizimlarni muhofaza qiliş hamda bioxilma-xillikni saqlaş masalasi alohida yönaliş sifatida qayd etilgan. Loyihaga köra, tabiiy yaylov va piçanzorlar holatini muntazam örganiş, ösimlik qoplamini baholaş va resurslardan barqaror foydalanişni ta’minlaş rejalaştirilgan.

Loyihada belgilangan vazifalar:

  • har yili 2 million gektar hajmda tabiiy yaylovlar va piçanzorlar ösimliklarini geobotanik (biobotanik) tekşirişni amalga oşiriş;
  • dorivor va oziq-ovqatbop ösimliklarni yetiştiriş va köpaytiriş uçun har yili 10 ming gektar maydonda madaniy plantatsiyalar taşkil etiş.

Şu bilan birga, strategiya loyihasida aholiga kommunal xizmatlar sifatini oşiriş yönalişida qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş tizimini takomillaştiriş ham nazarda tutilgan. Loyihada çiqindilarni qayta işlaş va qayta foydalanişni kengaytiriş, çiqindidan muqobil energiya işlab çiqariş uluşini oşiriş hamda poligonlar sonini qisqartirişga qaratilgan maqsadlar belgilangan.

Qattiq maişiy çiqindilar böyiça körsatkiçlar:

  • aholini qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlari bilan mahalla kesimida qamrab oliş darajasini 85 foizga yetkaziş;
  • maişiy çiqindilarni qayta işlaş darajasini 6 foizga yetkaziş;
  • yoqib, muqobil energiya işlab çiqariladigan çiqindilar uluşini 20 foizga yetkaziş;
  • maişiy çiqindi poligonlarini kamida 50 foizga qisqartiriş;
  • maişiy çiqindilarni qayta işlaşga ixtisoslaşgan 13 ta ekosanoat zonalarini joriy etiş.

Loyihaga köra, mazkur çoralar tabiiy resurslarni muhofaza qiliş, dorivor ösimliklarni madaniy usulda köpaytiriş orqali bioxilma-xillikni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, çiqindilarni boşqariş tizimida qayta işlaş va energiya oliş amaliyotini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.