Agentlik huzuridagi Çiqindi poligonlarini boşqariş direksiyasi tomonidan turli hududlarda maişiy çiqindi poligonlarini qisqartiriş, rekultivatsiya qiliş va yerlarni tabiiy holatiga qaytariş işlari amalga oşirilmoqda.
Ma’lumotlarga köra, 2024 yil hamda 2025 yilning ötgan davrida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qaşqadaryo, Namangan, Samarqand, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyatlarida jami 47 ta poligonda rekultivatsiya va tuproq qatlami bilan yopiş işlari bajarilgan. 2025 yil uçun respublika miqyosida rejalaştirilgan 18 ta (81,68 ga) poligondagi işlar ham yakunlangan.
2024 yil kesimida: Qoraqalpoğistonda — 1 ta (11 ga), Andijonda — 6 ta (14,90 ga), Buxoroda — 1 ta (0,50 ga), Qaşqadaryoda — 5 ta (19,15 ga), Namanganda — 3 ta (5,38 ga), Samarqandda — 1 ta (2,40 ga), Toşkent viloyatida — 3 ta (9,58 ga), Farğonada — 6 ta (17,11 ga), Xorazmda — 1 ta (1 ga).
Şu bilan birga, respublika böylab jami 42 ta çiqindi töplaş poligonining faoliyati tugatilib, 90 gektarga yaqin yer maydoni tabiatga qaytarildi. Hozirda direksiya balansiga 185 ta maişiy çiqindi poligoni ötkazilgan bölib, ularda bosqiçma-bosqiç optimallaştiriş işlari davom etmoqda.
Körilayotgan çora-tadbirlar Özbekiston prezidentining 2024 yil 4 yanvardagi 5-son farmoni, şuningdek «Özbekiston — 2030» strategiyasining 72-bandi va 2025 yil 30 yanvardagi farmon (9-ilova, 29-band)da belgilangan maqsadlarga muvofiq amalga oşirilmoqda. Unga köra, maişiy çiqindi poligonlarini 2030 yilga qadar kamida 50 foizga, 2025 yil davomida esa 20 foizga qisqartiriş közda tutilgan.











