Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda qo‘shnisining qotiliga aylangan fuqaro ushlandi
Namangan viloyati Norin tumani Toshloq qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro mahalladoshining qotiliga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 1961 yil tug‘ilgan, hech qayerda ishlamaydigan fuqaro mast holda, uyida o‘zaro janjal oqibatida 1983 yilda tug‘ilgan ishlamaydigan, mahalladoshi tanasining turli joylariga urib, tepib og‘ir jarohat yetkazgan.
Natijada fuqaro kasalxonaga yetkazilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay hayotdan ko‘z yumgan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir jarayonida mahalladoshining qotiliga aylangan shaxs ushlandi.
Unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etish kerakki, spirtli ichimlikka ruju qo‘yilmaganida ushbu qotillik jinoyati sodir etilmagan bo‘lardi.
Mavzuga oid
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026