Jahon | 08:50 / 22.02.2017
4692
1 daqiqa o‘qiladi

Ostona Yevropadagi ixtiloflarni hal qilish maydoni sifatida taklif qilindi

Foto:RIA

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko BMT Xavfsizlik kengashining Yevropadagi ixtiloflarga bag‘ishlangan yig‘ilishi doirasida Ostonani bu ixtiloflarni diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun qo‘shimcha maydon sifatida taklif qildi. 

"Davlatimning Yevropada yuz berayotgan va hali yechimini topmagan ixtiloflar bo‘yicha pozitsiyasi yaxshi ma'lum. Qozog‘iston bu ixtiloflarda ishtirok etayotgan barcha davlatlar bilan yaxshi aloqalarni saqlab qolmoqda. Shuning uchun Ostonadagi maydon xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga sodiqlik va ishonchni tiklash uchun qo‘shimcha mustaqil maydon bo‘lishi mumkin", deb aytdi Vasilenko.

21 fevralda BMT Xavfsizlik kengashida Yevropaning bir qator davlatlari – Gruziya, Ukraina, Bolqon va boshqa hududlaridagi ixtiloflarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tdi. Ayni vaqtda BMT Xavfsizlik kengashida Ukraina raislik qilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid