Jamiyat | 20:04 / 22.02.2017
7644
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi yuqori mansabdor politsiyachini o‘ldirgan qotillar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildilar

Foto: vesti.ru

Rossiya sudi Samara viloyati Sizran tumanida yashovchi yuqori mansabdor politsiyachi va uning oilasi qotilligi bo‘yicha jazo hukmini chiqardi. Ushbu ish bo‘yicha o‘tayotgan barcha sudlanuvchilar – Mahmadali Ahmadov, Roman Fataliyev, Islom Boboyev va Orxan Zoxrabov aybdor deb topildilar. 

Jinoyatchilardan biri, tojikistonlik Mahmadali Ahmadov va Roman Fataliyev umrbod ozodlikdan mahrum qilindilar. Ularning hamtovoqlari Islom Boboyev 25 yilga, Oxran Zoxrabov 26 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchilar advokatlari bu hukm ustidan shikoyat qilmoqchilar.

Tergov versiyasiga ko‘ra, 2016 yil 24 aprelga o‘tar kechasi qotillar Samara viloyati Sizran tumanidagi Ivashevka qishlog‘idagi uyga bostirib kirib, u yerda uy egasi – Rossiya ichki ishlar vazirligining Samara viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Andrey Gosht va uning oila a'zolarini (ota-onasi, rafiqasi, ukasining rafiqasi, qiz jiyani) o‘ldirganlar va yana bir kichik yoshli qizchani o‘ldirmoqchi bo‘lishgan.

Qotillar jinoyat quroli sifatida ikkita yog‘och to‘qmoq va bitadan foydalanishgan. Ular hech narsadan xabari yo‘q, uyquda bo‘lgan qurbonlariga shu qurollar bilan zarbalar berishgan. Jinoyatchilar uydan 193 ming rubllik mulk bilan voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan, biroq huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan dastlabki 10 kun ichida ushlanishgan. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, tergov davomida barcha ayblanuvchilar o‘z ayblarini qisman tan olganlar va jinoyat tafsilotlari haqida so‘zlab, tergov bilan hamkorlik qilganlar.

Jinoyatchilar ustidan sud jarayoni 2016 yil dekabrida boshlangan va hukm chiqaruvchilar ishtirokida yopiq tartibda o‘tkazilgan. Hukm chiqaruvchilar barcha sudlanuvchilarni aybdor deb topganlar, biroq Boboyev va Zoxrabovga yumshoqroq hukm chiqarishgan.

Gosht oilasi qotilligi ishi bo‘yicha jabrlanganlar sudlanuvchilardan umumiy hisobda 14 mln rubl undirish haqida da'vo arizalari berganlar.

Ushbu jinoyatni tergov qilishga Rossiya tergov qo‘mitasining eng tajribali 89 nafar tergovchisi va kriminalistlari jalb qilinganlar. 

Tergovning o‘rnatishicha, 2016 yil aprelida Samara viloyati Shigon tumanida yashovchi Axmadov va Fataliyev talon-tarojliklar amalga oshirish uchun jinoiy guruh tashkil qilishgan va unga tanishlari – Sizranda yashovchi Boboyev va Zoxrabovni jalb qilishgan. Ular qurbon Goshtga tegishli uyni tasodifan tanlashgan va u yerda politsiyachi yashashidan umuman bexabar bo‘lishgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid