Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Siyosatchilar o‘yini: Netanyaxu Avstraliyaga Indoneziyani chetlab o‘tib parvoz qildi
Foto: Guardian
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Singapurdan Sidneyga parvoz qilish uchun bir necha soat ko‘proq vaqt sarfladi, u Indoneziya havo kengliklarini chetlab o‘tgan. Bu haqda The Guardian yozmoqda.
Singpurdan Sidneyga parvoz o‘rtacha 8-9 soatni talab etsa, bortida bosh vazir bo‘lgan samolyot 11 soat uchgan. Bu Indoneziya chetlab o‘tilishi tufayli yuz bergan.
Netanyaxuga xizmat ko‘rsatuvchi “El Al” kompaniyasiga ko‘plab musulmon davlatlari havo kengliklariga kirish taqiqlangan. Indoneziya esa musulmonlar eng ko‘p istiqomat qiladigan mamlakat sanaladi – 240 million inson. Davlatda Isroil bilan hech qanday rasmiy munosabatlar yo‘q. Isroilning ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni “yaxshilash” bo‘yicha takliflariga Indoneziya hukumati, aloqalar faqatgina “Falastin mustaqillikka” erishsagina, yaxshilanishini ma'lum qilgan.
Netanyaxu Avstraliyaga birinchi rasmiy tashrif bilan 22 fevral kuni ertalab yetib keldi.
Mavzuga oid
20:54
Zelenskiy Isroilni o‘g‘irlangan donni sotib olishda aybladi
22:54 / 26.04.2026
Isroil BAAda «Temir gumbaz» tizimi va o‘z harbiylarini joylashtirgan – OAV
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
08:37 / 24.04.2026