Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Rossiyada ishga joylashganlarning mehnat staji hisobga olinadi
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiyada o‘z vakolatxonasini ochadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga agentlik vakili O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasidagi uchrashuvda ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi yillarda O‘zbekiston fuqarolarini chet mamlakatlarda ishga joylash amaliyoti faol rivojlanmoqda. 15 yil davomida Janubiy Koreyada 30 ming, Rossiyada 5 ming, Yaponiyada 200 nafarga yaqin o‘zbekistonliklar agentlik orqali ishga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, agentlik orqali Rossiyada ishga joylashganlarning mehnat staji xuddi o‘z vatanida ishlaganidek hisobga olinadi.
Agentlik kelgusida Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Ummon bilan ham mustahkam aloqalar o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
18:17 / 20.04.2026
Germaniyaga 40 ming hamshira: O‘zbekiston yangi mehnat bozorlarini ochadi
09:41 / 06.04.2026