O‘zbekiston | 18:58 / 22.02.2017
8172
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda sudlarni ixtisoslashtirish choralari ko‘riladi

Harakatlar strategiyasida sud-huquq islohotlarini bugungi kun talabi darajasida chuqurlashtirish bilan bog‘liq vazifalarga alohida e'tibor qaratilgan. Unga ko‘ra, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta'minlaydigan kengash tuzish hamda professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar huquqi va qonuniy manfaatlarini himoyalashga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. 

Ushbu yo‘nalishda ma'muriy sudlar, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy appelyatsiya sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini ta'sis etish orqali kelgusida sudlarni ixtisoslashtirish hamda ularning devonini mustahkamlash choralari ham ko‘rilishi alohida vazifa sifatida qo‘yilgan. 

Shuningdek protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlarini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgani qayd etildi. Ta'kidlanishicha, bu ayrim hollarda uchraydigan sansolarliklarga hamda ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib yuborilishiga barham beradi. 

Huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga ham alohida e'tibor qaratilgan. Shu asnoda 2018-2021 yillarda jinoyat hamda jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid