Jahon | 22:41 / 23.02.2017
15952
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik ayollar bir oyga hijobga kirishga ahd qilishdi

Foto: AA

Jahon Hijob kuni munosabati bilan kanadalik bir guruh ayollar musulmon opa-singillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir oy davomida hijob kiyishga ahd qilishdi. Ular buni bugungi kunda Shimoliy Amerika va dunyoning boshqa burchaklarida islomofobiyaning o‘sishi bilan izohlashdi. Bu haqida mamlakatdagi CBC telekanali va milliy radiokanallarda xabar qilindi. 

Ularga ko‘ra, Albert provinsiyasida yashovchi yetti ayol "Sisterhood of the hijab" nomli tashabbus doirasida islom tamoyillariga ko‘ra, bir oy davomida bosh qismlari va tanalarini yopib yurishga hamda spirtli ichimliklar  ichmaslikka ahd qilishgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, ro‘mol o‘rash ayollarga MakMyurreyda yashovchi musulmonlar bilan do‘stona aloqa o‘rnatishga imkon bergan. 

Kanadada 1 053 945 nafar islom diniga mansub aholi istiqomat qiladi, bu mamlakat aholisining 3,2 qismini tashkil qiladi. Manbaga ko‘ra, bu mamlakatda har besh kishidan bittasi - xorijlik.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid