14:43 / 23.02.2017
20275

Prezident tashrifidan keyin hokim o‘zgargan tumandagi maktabning barcha sinf xonalari isitildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyining ikkinchi qismida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Xo‘jayli tumanidagi 69-maktab o‘qituvchilari bilan muloqot o‘tkazgandi. «KRuz.uz» sayti mazkur tashrifdan so‘ng maktabda qanday o‘zgarishlar amalga oshirilganiga qiziqdi.

Maktab direktori Tursungul Abdurahmonova muxbirga ushbu dargohda 604 nafar o‘quvchiga 63 nafar pedagog ta'lim-tarbiya berib kelayotgani haqida ma'lumot bergan.

Prezidentning tashrifidan so‘ng, qishning uchinchi oyiga kelib maktabdagi mavjud 12ta qozonxonaning 5tasi yangisiga almashtirilib, qolganlari qayta ta'mirlangan va barcha sinf xonalari isitilgan. 

«Vodoprovod suvi keltirilib, yuvinish xonasi ishga tushirildi, oshxona faoliyati jonlandi. Maktab hovlisi obodonlashtirib, ariqlar qazildi», deyilgan xabarda.

Qayd etish kerakki, prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifidan bir necha kun o‘tib, Xo‘jayli tumaniga Jyengisbay Yembergenov hokim etib tayinlangandi. 

Top