Jahon | 21:08 / 23.02.2017
6710
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Suriyadagi ishlarga tashqaridan aralashuv bo‘lmasligi kerakligini aytdi

Foto:RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik harbiylar bilan uchrashuvda Suriya ishlariga tashqaridan aralashmaslik zarurligini va Rossiya o‘z oldiga bunday maqsad qo‘ymasligini, chunki Suriyada faqatgina terrorchilik guruhlari bilan kurashayotganini aytdi.

"Biz Suriyaning ko‘p millatli va ko‘p dinli dunyoviy davlat ekanligini bilamiz. U uzoq vaqt shunday bo‘lib kelgan. Bu esa Suriyaning hududiy yaxlitligi kafolati bo‘lgan. Biz bu vazifalardan kelib chiqamiz, biroq yakunda buni suriyaliklar hal qiladi", deb aytgan Putin.  

Putinning aytishicha, Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish masalasi hal qilinayotgan vaqtda tashqaridan hech qanday aralashuv bo‘lmasligi uchun barcha ishni qilish kerak.

"Bizning vazifa esa terrorchilik guruhlari bilan kurashishdan iborat bo‘lgan" deb qo‘shimcha qildi Putin. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid