Putin Suriyadagi operatsiyaga aloqador bo‘lgan bir qator generallarning unvonini oshirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy-koinot kuchlarining Suriyadagi operatsiyasiga aloqador bo‘lgan yoki Suriya bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan bir qator armiya generallariga yangi unvonlar berdi.
Putin farmoniga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy general-polkovnik unvonini oldi. Xuddi shu unvon Rossiya mudofaasini boshqarish milliy markazi boshlig‘i Mixail Mizintsevga berildi.
Bundan tashqari, uzoq aviatsiya qo‘mondoni Sergey Kobilash va Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Stanislav Gadjimagomedov yangi unvonlar oldilar. Ostonada Suriya muxolifati bilan muzokaralarda Rossiya mudofaa vazirligi delegatsiyasiga boshchilik qilgan Gadjimagomedov general-leytenant unvonini oldi. Yangi unvonlar olgan generallar ro‘yxatida umumiy hisobda 17 ta familiya bor.
Suriyadagi operatsiyaning natijalaridan biri 3119 terrorchi, jumladan 29 nafar dala qo‘mondonining yo‘q qilinishi bo‘ldi. Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyadagi operatsiya boshidan 1760 ta jangovar parvoz amalga oshirgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi
Jahon | 13:20
-
«Bu safar Yevropa yordam bera olmaydi» – Yevropa vakillarining Eron bilan muzokaralari samarasiz yakunlandi
Jahon | 13:16
-
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin
O‘zbekiston | 13:09
-
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?
O‘zbekiston | 12:58
Mavzuga oid

13:36 / 17.06.2025
Suriyalik shifokor Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

13:24 / 09.06.2025
Isroil havo kuchlari Suriyaga hujum qildi

14:42 / 07.06.2025
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi

19:55 / 05.06.2025