Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevada Suriya bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jyenevada Suriya bo‘yicha muzokaralar tiklandi. Uning to‘rtinchi raundi ishtirokchilarning BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan ikki tomonlama uchrashuvi orqali start oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
BMT qoshidagi doimiy vakil Bashar Jaafari boshchiligidagi Suriya hukumati delegatsiyasi birinchi bo‘lib yetib kelgan.
Deyarli bir yillik tanaffusdan so‘ng o‘tkazilayotgan muzokaralarda Suriyada yangi hukumatni shakllantirish, mamlakat konstitutsiyasining loyihalari hamda saylovlar o‘tkazish asosiy mavzularga aylanadi.
Jyenevadagi muzokaralar shakliga hozircha oydinlik kiritilmadi – uchrashuvlar muxolifat talab qilayotgandek yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ladi, yoki maxsus vakil har bir delegatsiya bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi. De Misturaning o‘zi esa kuni kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida payshanba kungi ish tartibiga ham aniqlik kiritmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, delegatsiyalar bilan uchrashuv shakllari bo‘yicha qarorni kunning birinchi yarmida qabul qiladi.
Shu bilan bir qatorda, muzokaralarni tashkillashtirish masalalari bilan tanish manbalarning xabar berishicha, muzokaralar ishtirokchilari de Misturaning kirish so‘zini birgalikda tinglaydilar, shuningdek Suriyaga ko‘mak berish bo‘yicha Xalqaro guruhga a'zo-davlatlar vakillari ham taklif etilgan.
Avvalroq 23 fevral kuni kunning ikkinchi yarmida Jyenevaga yetib kelgan barcha suriyalik delegatsiyalar ishtirokida yalpi yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:48 / 10.06.2026
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026