Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi banknotda Islom Karimov surati bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi
10 ming so‘mlik nominaldagi yangi banknotlar mart oyida muomalaga chiqariladi. Vaziyatdan xabardor manbaning «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, ayni vaqtga kelib, bank bu jarayonda o‘z vazifalarini bajarib bo‘lgan va banknot bosmadan oldingi protsedurada.
Ma'lum qilinishicha, yangi kupyura dizayni avvalgi xabarlarda taxmin qilinganidek bo‘lmaydi, ya'ni unda inson surati aks etmaydi va dizayn bo‘yicha an'ana davom ettiriladi.
Bundan avvalgi xabarlarda ko‘p ehtimol bilan O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov surati bo‘lishi aytilgandi.
Qayd etilishicha, Markaziy bank Senatga 3 xil dizayndagi kupyurani taqdim etgandi. Ehtimol, shu namunalardan birida Islom Karimov suratini banknotda aks ettirish taklif etilgandi.
Markaziy bank ma'lumotiga ko‘ra, banknot bosmaga topshirilishidan oldin bank saytida uning surati va boshqa ma'lumotlar e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026