Light | 16:26 / 24.02.2017
97801
6 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng bejirim va noodatiy to‘y liboslari

Zamonaviy yosh kelin-kuyovlar o‘z to‘yida an'analardan chetlashgan holda, g‘arb uslubiga xos kiyimlar kiyishni afzal biladi. Biroq dunyoning ayrim hududlarida to‘y tantanalariga va azaliy qadriyatlarga katta e'tibor berib keladigan insonlar ham ko‘p uchraydi. 

Ayrim xalqlarning nikoh liboslari noodatiy, g‘ayritabiiy va bejirim ko‘rinishga ega bo‘lib, ular uchun ushbu liboslar "baxt, oila, sevgining abadiyligi"ni anglatadi. 

Marhamat, dunyoning eng antiqa va shu bilan birga chiroyli to‘y liboslari bilan tanishing.

Turkiya

O‘z otasi uyini tark etishdan avval turk qizi to‘y libosining eng muhim bezagi – bokiralik belbog‘ini qabul qiladi. Uni beliga bog‘lab qo‘yishadi. Odatda, u qizil rangda bo‘ladi va omad, joziba baxt ma'nosini anglatadi.

Bolgariya

Bu mamlakatda kelin yuzi an'anaga ko‘ra, oq rang bilan bo‘yaladi va zarlar sepiladi. Bu esa qizning shu ondan e'tiboran barcha narsaga huquqi bor ayolga aylanganini bildiradi.

Makedoniya

Makedoniyada kelinlar libosi katta ahamiyatga ega bo‘lib, u oppoq bo‘lishi kerak. Libos soflik, tozalik timsolidir. Kelin dugonalari esa to‘yga deyarli bir xil libosda kelishadi. Kelindan ajralib turish uchun esa qizil soch popugi taqib olishadi. 

Xakasiya

Rossiyaning Xakasiya shahrida qadimiy to‘y an'analarini muqaddas deb hisoblashadi. Bu yerda kelinga mo‘ynali yopinchiq va shapka kiydirishadi. Bu esa ob-havo ta'siri natijasidir – mazkur hudud yetarlicha sovuq.

Isroil

Ortodoksal yahudiylar orasida ular nafaqat kelin libosi, balki kuyov kiyimi bilan ham ajralib turishadi. Kuyovning haybatli bosh kiyimi albatta, raqs jarayonida juda xalaqit beradi. 

Tojikiston

Tojikistonda kelinchakni mehmonlarga ham, kuyovga ham ko‘rsatishni istashmaydi. Shu sababli, nikoh libosi uning yuzini ham berkitishi kerak. Shunga qaramay, kelinga to‘y davomida bir necha kiyimlar almashtirishiga ruxsat berishadi. 

Indoneziya

Bu hududda ko‘plab to‘y an'analari mavjud, demak, nikoh ko‘ylaklari ham turlicha. Biroq qimmatbaho kashtachilik bilan tikilgan og‘ir liboslarni deyarli barchasida uchratish mumkin.

Pokiston

Pokistonda kelinlar binafsharang, qizil yoki pushtirangli liboslar kiyishadi. Keyinroq, bo‘lajak er va xotin qasam ichadigan vaqtda bir-biriga "sevgi" timsoli bo‘lgan turli gulchambarlar taqishadi.

Eritreya

Qizil dengiz qirg‘og‘idagi bu mamlakat to‘y an'analariga katta e'tibor qaratadi. Bu yerda kelin va kuyov duxobadan toj taqadi. Libos esa tilla va safsar ranglarda bo‘ladi.

Falastin

Falastinlik kelinga to‘y libosi uning onasi tomonidan uzoq yillar davomida tikilishi kerak. Libosning asosiy qismi – kelinni atrofdagi ko‘zlardan himoyalab turuvchi yopinchiqdir. 

Peru

Perulik kelinni katta olomon oldida bemalol topib olish mumkin. Chunki bu yurtda hech qanday oq libos kiyilmaydi. Ularning asosiy rangi – qizil va qora.

Koreya

Ming yillik tarix davomida Koreya xalqi nikoh ko‘ylagi an'anasini o‘zgartirmagan. Libos keng va uzun yengli kamzul va ipak matoli gullar bilan bezalgan yubkani o‘z ichiga oladi. 

Nigeriya

Nigeriyada to‘y libosi eng qimmat matodan tikiladi va ko‘plab to‘rlar bilan bezaladi. Ko‘ylak to‘ygacha Hindistonda buyurtma orqali keltiriladi. Libosning noodatiy aksessuari – marjon donalari va betakror Nigeriya bosh kiyimi. 

Iroq

Iroqlik kelin to‘y payti eng ko‘p kiyim almashtiradi. U kamalakning har bir rangiga monand to‘y libosi kiyadi. Eng birinchisi qizil rangda bo‘lib, sevgi timsolini anglatadi.

Marokash

Kiyimning qatlami qancha ko‘p bo‘lsa, bu marokashliklarning an'anasini anglatadi. Kelin o‘z libosini o‘zgartirishi mumkin. Biroq kiyim u tug‘ilgan hudud madaniyatini aks ettirishi lozim.

O‘zbekiston

O‘zbekistonda ayni damda kelinlar yevropacha urfda bo‘lgan oppoq liboslarni kiyishiga qaramay, azaliy an'analarimizdan bo‘lgan milliy liboslar hech qachon o‘z qadrini yo‘qotmagan. Liboslar barcha viloyatlarda turlicha ko‘rinishga ega. Biroq milliy adras-u atlaslar, bejirim kashta tushirilgan liboslar, go‘zal tillaqosh va do‘ppilarni barcha hududlarda uchratish mumkin. Shuningdek, kelin ustidan tushirilgan fata ham uning chiroyini o‘zgalarga ko‘z-ko‘z qilishdan asraydi. 

Mavzuga oid