Ma'lumki, keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Bravo» jamoasi vakili Ahmad Temirov hamda xonanda Vohidjon Isoqovlarning nikoh töylari tasvirlangan video va fotolavhalar tarqaldi.

Bayonotda ta'kidlanişiça, Madaniyat vazirligi uşbu xatti-harakatlarni ma'qullamaydi va karantin qoidalari istisnosiz har bir şaxs uçun majburiyligini, uni buzganlarga qat'iy çora körilişini qöllab-quvvatlaydi.

«Biroq, yurtimizda yaşayotgan har bir fuqaro, qanday kasb egasi bölişidan qat'iy nazar ma'lum huquq va majburiyatlarga ega. Ularning şaxsiy hayotini nazorat qilişga heç kimning haqi yöq. Jumladan, Madaniyat vazirligi ham san'atkorlarning şaxsiy işlariga aralaşiş vakolatiga ega emas. Vazirlikning nizom bilan tasdiqlangan faoliyat çegaralari mavjud bölib, undan taşqariga çiqiş qonunan mumkin emas. Şaxsning jamiyatdagi xatosi yoki jinoyati uçun çora körişga mas'ul bölgan organlar qonunning barça uçun barobarligi tamoyiliga asoslangan holda faoliyat olib boradilar.

Tabiiyki, san'at ahli millionlab muxlislarning nigohida va diqqat markazida böladi. Lekin, bu unga qandaydir imtiyoz emas, aksinça ulkan javobgarlik va mas'uliyat yuklaydi», - deyiladi bayonotda.

Madaniyat vazirligi soha vakillaridan öz hayot va faoliyatlarida yuqoridagi mezonga amal qilişni söragan. Mas'ul idoralarni belgilangan me'yorlarni buzgan san'atkorlarning javobgarliklarini ta'minlaş uçun qonuniy çoralar körişga çaqirgan.

Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Baxtiyor Sayfullayevning bildirişiça, tabriklaş uçun kelgan öndan ortiq san'atkorlar hamda yuzga yaqin mehmonlarning ijtimoiy masofa saqlaş, niqob taqiş nima ekanligi yodlaridan ham çiqib ketganligini tarqalgan video va fotolardan yaqqol körinib turibdi.

«Albatta, yoşlarimizni yangi oila ostonasiga qadam qöyganliklari bilan tabriklayman. Ammo koronavirus balosi hali öz ta'sir kuçini körsatib, kundan-kunga kasallaniş ortib borayotgan bir vaqtda maxsus komissiya talablariga zid ravişda 30 kişidan ortiq mehmonlarni yiğib, karantin tartib qoidalarga rioya etmaslik va oxir-oqibat yaqinlarimizning soğliğini, hayotini xavf ostiga qöyiş töğrimi?», - deb yozadi senator.

Uning aytişiça, bunday xatti-harakatlar «tartib qoidalarga zid ravişda mana şunday töy ötkazib, belgilangan jarimani tölab ketiş bilan osongina qutuliş mumkin» degan notöğri xulosalar şakllanişiga sabab bölişi mumkin. Bunday tadbirlar kasallik tarqalişiga olib kelmaydi deb heç kim kafolat berolmaydi.