Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda karantin qoidalari buzilgan holda o‘tkazilgan to‘y tadbiri tashkilotchisi jarimaga tortildi
Internetda 2020 yilning 17 oktabr kuni o‘tkazilgan to‘y tadbiri suratlari tarqaldi. Suratlarga qoldirilgan izohda to‘yda amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablari buzilgani aytilgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, o‘rganish davomida mazkur tadbir tashkilotchisi 53 yoshli A.A. ekanligi aniqlandi.
Tadbirdan ikki kun avval, joriy yilning 15 oktabr kuni Uchtepa tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori kapitan O. Rahimov A.A. bilan amaldagi karantin qoidalari haqida tushuntirish suhbati o‘tkazgan. Ammo fuqaro ogohlantirishlarga qaramasdan, 40-45 kishini taklif qilgan.
Mazkur fakt asosida A.A.ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar Uchtepa tumani DSENMga yo‘naltirildi, qoidabuzarga 4 446 000 so‘mlik jarima solindi.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026