Jahon | 09:34 / 24.02.2017
10525
1 daqiqa o‘qiladi

Kutilmagan qadam: Tramp Kim Chen In bilan uchrashishi mumkinligini istisno qilmadi

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan rasmiy uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligi haqida ma'lum qildi. U bu haqda Reuters’ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Hech qachon hech qachon deyish kerak emas. Garchi, hozirda vujudga kelgan vaziyatni hisobga olsak, endi juda kech bo‘lsa ham», - degan u.

Avvalroq Donald Tramp KXDR tomonidan tajovuzkor harakatlarni “bosib turish” maqsadida Yaponiya hamda Janubiy Koreyada raketalarga qarshi mudofaa (RQM) tizimini joylashtirishni tezlashtirish lozimligi haqida ma'lum qilgandi. Davlat rahbarining ta'kidlashicha, Pxenyan tomonidan ballistik raketalar sinovining o‘tkazilishi uni “juda darg‘azab qilgan”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid