Jamiyat | 14:00 / 24.02.2017
11557
1 daqiqa o‘qiladi

Spirtli ichimliklar qon tomirlarining tez qarishiga olib keladi

Muntazam ravishda spirtli ichimlik iste'mol qilish arteriyalarning shiddat bilan qarishiga olib kelar ekan. Bu ayniqsa erkaklarga taalluqli. Amerika Kardiologiya assotsiatsiyasining shunga doir tadqiqoti haqida "Ortodoks" tibbiy portali xabar berdi

Kardiologlar ko‘p yillar davomida 3 869 nafar kishini kuzatishdi, ularning 70 foizi erkaklardan iborat bo‘lgan. Ekspertlar ancha yillardan beri spirtli ichimlik iste'mol qiluvchi ko‘ngillilar ahvolini alohida qiziqish bilan o‘rganishdi. Tadqiqotning barcha ishtirokchilarida har 4-5 yilda arteriyalarning holati tekshirib borildi. 

Ma'lum bo‘lishicha, ko‘p yillar davomida haftasiga 112 grammdan ko‘proq etanol (masalan, 1 litr pivoda 40 grammcha etanol bo‘ladi) iste'mol qilgan kishilarda arteriyalar elastikligi pasaygan. Bu normal qon aylanishini buzadi va yurak-qon tomir kasalliklari, shuningdek yurak xuruji va insult xavfini oshiradi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid