Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Asadga nisbatan kuch ishlatish niyatida emasligini bildirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning maslahatchisi Ilnur Chevik Turkiya Suriya ustidan nazorat o‘rnatmasligini, harbiylar esa IShID jangarilari yo‘q qilinganidan keyin mamlakatni tark etishini ma'lum qildi. Bu haqida u RT'ga bergan intervyusida xabar berdi.
"Turkiya Suriya ustidan hech qanday nazorat o‘tkazmoqchi emas, u shunchaki IShIDni yo‘q qilishni istaydi. Biz Suriyada qolmoqchi emasmiz: IShID ustidan g‘alaba qozonishimiz va hududning yetarlicha himoyalanganini ko‘rishimiz bilan Turkiya bu mamlakatda qolmaydi", - dedi Chevik.
"Turkiya Asadni kuch bilan chetlatmoqchi emas. Shuning uchun ham Ostonada Turkiya, Rossiya va Eron bu borada muzokaralar olib borishmoqda", - deya qo‘shimcha qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya IShIDning Suriyadagi "poytaxti" Raqqani ozod qilishga ishonadi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026