Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat shifoxonalari elektron navbat bilan ishlashni boshlaydi
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi sohada axborot tizimini yaratish bo‘yicha yangi loyihani joriy qiladi. Unda axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu esa yo‘nalishdagi ko‘plab muammolarni samarali hal etilishida o‘z hissasini qo‘shadi.
Loyihaga muvofiq, tibbiyot muassasalarida elektron navbat tizimi joriy etilishi maqsad qilingan. Bu esa bemorning odatda, shifokor qabuliga kirishi uchun jonli navbat kutib, ortiqcha vaqt sarflamasligini oldini oladi.
Bundan tashqari, qishloq tibbiyot punktlari va boshqa shifoxonalarda teletibbiyotning joriy etilishi, elektron klinik kartalarning ishga tushishi inson salomatligini ishonchli muhofaza qilishga, kasallikning tashxisi va uning oldini olishda yaqindan yordam beradi.
Mazkur loyihalar davlat rahbarining tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazgan so‘nggi ikki uchrashuvidan keyin joriy qilinmoqda. Prezident mamlakatdagi sog‘liqni saqlash tizimini keskin tanqid qilgan edi.
Mavzuga oid
12:01 / 26.03.2026
1 apreldan shifoxonalar 5 kunlik ish tartibiga o‘tkaziladi
12:00 / 23.03.2026
Sudanda shifoxonaga hujum: o‘nlab qurbonlar
10:39 / 17.03.2026
Tibbiy va shifoxona xizmatlari bozorida o‘sish kuzatildi
07:21 / 27.02.2026