Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan ijtimoiy soha muassasalarida energiya tejamkorlikni oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, Jizzax viloyatida energiya samaradorligi loyihalari amalga oşiriladigan ijtimoiy soha muassasalarining manzilli röyxati tasdiqlandi. Şuningdek, Denov va Ğallaorol tumanlarida energiya samaradorligi loyihalari böyiça namunaviy kvartallarning manzilli dasturi ham belgilandi.
Qaror doirasida ijtimoiy soha obektlarida geliokollektorlar örnatiş, quyoş fotoelektr stansiyalarini joylaştiriş, binolarni issiqlik izolyatsiyasi bilan ta’minlaş va boşqa energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etiş közda tutilgan.
Şu bilan birga, «Nol energiya sarfli binolar» konsepsiyasi asosida ayrim muassasalarni modernizatsiya qiliş va qayta quriş rejalaştirilgan. Uşbu yondaşuv binolarning energiya iste’molini sezilarli darajada kamaytirişga xizmat qiladi.
Hukumat qaroriga köra, energiya auditi tizimi takomillaştirilib, ijtimoiy soha obektlarida energiya resurslaridan samarali foydalaniş ustidan nazorat kuçaytiriladi.
Mutasaddilarning ta’kidlaşiça, mazkur çoralar davlat muassasalarida energiya sarfini qisqartiriş, budjet mablağlarini tejaş hamda qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytirişga xizmat qiladi.
















